“Global Oil Uzbekistan” O'zbekiston GOST bo'yicha sertifikatlangan, o'z ombori, logistika va sifat nazorati tizimiga ega motor moylarining rasmiy dileri hisoblanadi. Global Oil Uzbekistan kompaniyasi guruhi tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlar portfeli dunyoning eng yirik neft-kimyo korporatsiyasi Michang Oil Ind Co. MChJ (Micking), Shell , Winiron , Rowe , Hyundai xteer va Wulsgen original kompaniya moy brendlarini o‘z ichiga oladi. Biz sotayotgan har bir litr moy sof kelib chiqishi, e'lon qilingan xususiyatlarga to'liq javob berishi va omborlarimizdagi motor moylari va moylash materiallarini saqlash shartlariga mos kelishiga kafolat beramiz. Barcha moylar O‘zbekistonga logistika kompaniyasi yoki rasmiy distribyutorlar tomonidan yetkazib beriladi, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tadi va yetkazib berilgan mator moy maysulotlari partiyasi mijozlarimizga yetkazilgunga qadar bizning to‘liq nazoratimiz ostida o‘z transport kompaniyalarimiz tomonidan hududlarga yetkazib beriladi. Bizning omborimizga kiradigan har bir yirik mator moyi maxsulotlari partiyasi ishlab chiqaruvchi tomonidan e'lon qilingan parametrlarga muvofiqligi uchun namunalarning laboratoriya sinovidan o'tishi kerak. Shundan so`ng barcha belgilangan barcha talablarga javob bersagina sotuvga chiqariladi. Bugun biz motor moylari va moylash materiallarini tanlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yuqori texnik tajribamizni sanoatdan shaxsiy iste’molga yo`naltirmoqdamiz. O‘zbekistonlik avtomobil haydovchilarini texnik savodxonligini oshirmoqdamiz, O‘zbekiston yuqori moy sotuvchi dillerlik kompaniyalari orasida esa muqobil yuqori raqobatni targ‘ib qilmoqdamiz. O'zbekistonning oddiy avtomobil egalarining shaxsiy avtomashinalarida kundalik foydalanish uchun moy va moylash materiallarini taklif etamiz.
Xususiy omborlar Biz viloyatlarda o'zimizning omborxonalarimizga egamiz
Tizimli sifat nazorati Tizimli sifat nazorati
GOST bo'yicha sertifikatlangan GOST bo'yicha sertifikatlangan
Dvigatel moylari - asosan pistonning harakatlanuvchi qismlari va aylanadigan ichki yonish dvigatellari orasidagi ishqalanishni kamaytirish uchun ishlatiladi. Barcha zamonaviy motor moylari asosiy moylar va ularning xususiyatlarini yaxshilaydigan qo'shimchalardan iborat. Asosiy moylar sifatida odatda distillat va turli xil yopishqoqlikdagi qoldiq komponentlar (uglevodorodlar), ularning aralashmalari, gidrokreking va gidroizomerizatsiya natijasida olingan uglevodorod komponentlari, shuningdek sintetik mahsulotlar (yuqori molekulyar og'irlikdagi uglevodorodlar, polialfaolefinlar, efirlar va boshqalar) ishlatiladi. Ko'pgina ko'p navli moylar past viskoziteli asosni makropolimer qo'shimchalari bilan qalinlashtirish orqali olinadi.